Bugun 4 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Toshkentda ".apk" virusli dasturi orqali odamlar pulini o‘marib kelgan jinoiy to‘da qo‘lga olindi

Toshkentda ".apk" virusli dasturi orqali odamlar pulini o‘marib kelgan jinoiy to‘da qo‘lga olindi

Toshkentda ".apk" virusli dasturi orqali odamlar pulini o‘marib kelgan jinoiy to‘da qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tadbirlar davomida virusli dasturlar Telegram messenjeridagi guruhga bog‘lanib, guruhning 11 nafar a’zosi turli davlat fuqarolari ekani, guruhda virusli dastur o‘rnatib olgan fuqarolarning bank karta ma’lumotlari hamda SMS-tasdiqlash kodlari mavjudligi aniqlandi.

Olib borilgan tezkor-texnik tadbirlar natijasida, ushbu guruh a’zolaridan bo‘lgan 5 nafar shaxslar qo‘lga olindi.

Shu bilan birga, ushbu shaxslarning telefon qurilmalari tekshirilganda, 133 nafar bank kartalaridan 2 milliard 838 million 278 ming so‘mdan ortiq pul mablag‘larini o‘g‘irlik yo‘li bilan o‘tkazma qilganliklari hamda jinoiy guruhning har biri o‘g‘irlangan pul mablag‘laridan ulush olib kelganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan JK.ning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar prosessual tartibda ushlangan.

Hozirda mazkur jinoiy guruhning respublika hududidagi boshqa jinoiy a’zolarini va jabrlanuvchilar doirasini aniqlash, bo‘yicha tezkor tadbirlar davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 11:42 03.09.2025. O'qildi: 923 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!