Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentda ajrashmoqchiligini aytgan er o‘z rafiqasi va uning jiyani tomonidan o‘ldirildi

Toshkentda ajrashmoqchiligini aytgan er o‘z rafiqasi va uning jiyani tomonidan o‘ldirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning «Kamolon» mahallasida 26 yoshli yigit 24 yoshli rafiqasi tomonidan bo‘g‘ib o‘ldirilgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, bunga yigit rafiqasini so‘kib haqorat qilgani va u bilan ajrashmoqchi ekanini aytgani, ayol buning uchun o‘ch olmoqchi bo‘lgani sabab bo‘lgan. O‘zbekiston holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati «Daryo»ga ma’lumot berdi.

Toshkent shahar IIBB navbatchilik qismiga 5 oktyabr kuni soat taxminan 4:30 da kelib tushgan xabarga ko‘ra, shu kuni soat taxminan 04:15 da Shayxontoxur tumani «Katta bog‘» mahalla fuqarolar yig‘ini Kirkiy ko‘chasidagi xonadonlardan birining yotoqxonasidan shu xonadonda istiqomat qilib kelgan Abbos A.ning bo‘yin sohasidan dazmol shnuri bilan bo‘g‘ilgan holdagi murdasi topilgan.

Sud tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, A.A.ning o‘limi bo‘yin a’zolarining sirtmoq bilan bo‘g‘ilishidan kelib chiqqan mexanik asfiksiya natijasida yuz bergan. Holat yuzasidan 5 oktyabr kuni Toshkent shahar prokuraturasining O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tezkor-tergov harakatlarida aniqlanishicha, Kamolaxon A. turmush o‘rtog‘i Abbos A. bilan o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro nizo sababli uni qasddan o‘ldirish haqida qarindoshi Otabek H. bilan jinoiy til biriktirgan. Jinoiy rejalarini amalga oshirish maqsadida Otabek H. 4 oktyabr kuni soat taxminan 19:00 da Abbos A.ning uyiga kelib, xonadon mehmonxonasidagi stol ostiga berkinib, Kamolaxon A. bilan birga Abbos A.ni o‘ldirish uchun qulay fursat kutgan.

Otabek H. 5 oktyabrga o‘tar kechasi soat taxminan 3:00 da Abbos A.ni uxlagan deb o‘ylab, yotoqxonaga kirgan, biroq Abbos A. uyg‘oq bo‘lgani sababli uning ustiga chiqib, yuz qismiga chap qo‘li mushti bilan bir necha zarba bergan, so‘ngra oldindan tayyorlab qo‘yilgan dazmol elektr simi bilan bo‘yin sohasidan bo‘g‘a boshlagan. Natijada Abbos A. O‘ziga bo‘layotgan tajovuzdan himoyalanib, yaqin qarindoshlarini yordamga chaqira boshlagan vaqtda Kamolaxon A. o‘z turmush o‘rtog‘ining yuziga yostiq bilan bosib, uning nafas yo‘llarini berkitib, Abbos A.ni qasddan o‘ldirishgan.

So‘ngra Otabek H. xonadonda bo‘lgan marhum Abbos A.ga tegishli ikkita uyali telefon apparatlari, 500 dollar va 110 ming so‘m pulni hamda jinoyat izlarini yashirish maqsadida sherigi Kamolaxon A.ga tegishli bir dona uyali telefon apparati va tilla taqinchoqlarni qo‘lga kiritib, voqea joyidan yashiringan. Kamolaxon A. esa jinoyati fosh etilishining oldini olish va javobgarlikdan qutulib qolish maqsadida shu kecha unga va turmush o‘rtog‘iga nisbatan noma’lum shaxslar tomonidan bosqinchilik sodir etilganligini aytib, marhumning ota-onasini o‘yg‘otgan.

Tergov davomida Otabek H.ning Uchtepa tumani Lolazor 1-tor ko‘chasidagi uyda joylashgan yashash xonadonida tintuv o‘tkazilib, Abbos A.ning uyidan olib ketilgan tilla buyumlar yerto‘laga yashirib qo‘yilganligi aniqlangan va ashyoviy dalil sifatida olingan.

Ish bo‘yicha 7 oktyabr kuni Otabek H. va Kamolaxon A. jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, ularga nisbatan Jinoyat kodeksining  97-moddasi 2-qismi «p» bandi (bir guruh shaxslar yoki uyushgan guruh a’zosi tomonidan yoxud o‘sha guruh manfaatlarini ko‘zlagan holda qasddan odam o‘ldirish) bilan ayblov e’lon qilingan va ular ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan. «Tergov harakatlari davom etmoqda», — deyiladi  Bosh prokuraturaning «Daryo»ga taqdim etilgan axborotida.

Kiritildi: 17:59 10.10.2019. O'qildi: 3817 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!