Bugun 21 iyun, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentda 85 yoshli buvisini o‘ldirgan nevara qamaldi

Toshkentda 85 yoshli buvisini o‘ldirgan nevara qamaldi

Toshkentda buvisini urib, o‘ldirib qo‘ygan yigitga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda "Zamon" dasturi xabar berdi.

Ish hujjatlariga ko‘ra, sudlanuvchi yigit o‘zining uyida mast holatda bo‘lgan va 1938 yilda tug‘ilgan buvisi bilan oralarida o‘zaro nizo kelib chiqqan. Natijada sudlanuvchi jabrlanuvchi tanasining turli joylariga qo‘llari bilan jarohat yetkazgan. Tez tibbiy yordam kelgach, jabrlanuvchida biologik o‘lim holati qayd etilgan.

Sudlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, yigit keksa ayolning yagona boquvchisi bo‘lgan. Chunki 85 yoshli buvi bir yildan beri yurolmagan. Yigit vaqti-vaqti bilan spirtli ichimliklar ichgan va voqea sodir bo‘lgan kun ham mast holatda bo‘lgan.

Buvim bilan taxminan 10 yildan buyon birga yashardik. Ota-onam vafot etgan. Buvim 85 yoshda edi. O‘sha kuni avval buvimni ovqatlantirdim, hatto bir qadah aroq ham quyib bergandim. Ehtiyotsizlik tufayli buvimni yiqitib qo‘ydim. Keyin jahlimni chiqargani uchun urdim. Ertalab o‘zini yomon his qilayotgan edi. Men dori berib, tez yordam chaqirdim va uxlab qoldim,- deydi sudlanuvchi.

JIB Mirobod tuman sudida ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, yigit JKning 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi "d" bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.

Kiritildi: 15:01 29.03.2023. O'qildi: 1792 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!