Toshkent shahri va Surxondaryo viloyatida katta miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi, deb xabar qildi IIV matbuot xizmati.
Birinchi holatda huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qo‘shni respublikadan Toshkent orqali Rossiyaga giyohvandlik vositalarining alohida yirik partiyasini olib o‘tishni rejalashtirgan jinoiy guruh faoliyati fosh qilindi.
Xususan, Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi dalaga yashiringan 71 kg 84 gramm giyohvandlik moddasini olayotgan to‘rt nafar shaxs qo‘lga olinadi. Gumonlanuvchilar Rossiyada yashovchi tanishining ko‘rsatmasi bo‘yicha harakat qilib, moddalarni Rossiyaga jo‘natmoqchi bo‘lishgan. Musodara qilingan giyohvand moddalar miqdori 355 420 bir martalik dozaga teng.
Navbatdagi tezkor tadbir Surxondaryo viloyatining Denov tumanida ham o‘tkazilgan. U yerda 8 kg giyohvandlik moddasini 150 000 AQSh dollariga sotishga uringan fuqaro ushlanadi.
Aniqlanishicha, gumonlanuvchi giyohvand moddalarni tanishidan olib, keyinchalik noqonuniy moddalarning asosiy manbai bo‘lgan yana bir shaxs qo‘lga olinadi. Musodara qilingan giyohvand moddalar miqdori 40 000 bir martalik dozaga teng edi.
Hozirda holatlar yuzasidan Jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar qamoqqa olingan.