Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toshkentda 59 ta uy-joy qurilishi to‘xtatildi. Nega?

Toshkentda 59 ta uy-joy qurilishi to‘xtatildi. Nega?

Toshkentda hujjatlari to‘liq bo‘lmagan 59 ta uy-joy qurilishi to‘xtatildi, ob’ektlar elektr ta’minotidan uzib qo‘yildi. Chunki zarur ruxsat beruvchi hujjatlar, ekspertiza xulosalari va texnik ma’lumotnomalarni olmasdan qurilishni boshlab, fuqarolarga noqonuniy ravishda uy-joy sotishga urinilgan.
Natijada ayrim fuqarolar uy-joysiz qolmoqda.

Toshkent hokimligi poytaxt aholisiga murojaat qilarkan, uy-joy xarid qilishda nihoyatda ehtiyotkor bo‘lish va quyidagilarga amal qilishga chaqirdi:
- sotib olayotgan ko‘chmas mulkka oid barcha hujjatlarning asl nusxalarini (kadastr, ekspertiza xulosalari va kengash qarorlari, texnik ko‘rik dalolatnomasi) talab qilish va ularni sinchkovlik bilan tekshirish;
- sotuvchilarga pulni naqd yoki norasmiy yo‘llar bilan bermaslik, shartnomaning barcha bandlarini diqqat bilan o‘rganib chiqish;
- quruvchi yoki obektning qonuniyligi xususida ozgina shubha tug‘ilsa, shuningdek, kompaniya hujjatlarni taqdim etishni paysalga solsa, Toshkent shahar hokimligining rasmiy botiga murojaat etish. Shunda obektning qonuniy maqomi haqida ma’lumot beriladi.

Kiritildi: 06:56 29.07.2025. O'qildi: 1281 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!