Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Toshkentda 40 ming dollarga fuqaroni AQShga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

A A A
Toshkentda 40 ming dollarga fuqaroni AQShga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Toshkent shahrida 40 ming dollar evaziga AQShga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.M. fuqaro B.G.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga borishi uchun viza olib berib, u yerda ish bilan ta’minlashi evaziga 40 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 15:31 16.01.2025. O'qildi: 989 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!