Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Toshkentda 4 nafar ayolni Turkiyaga fohishalikka jo‘natmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi

A A A
Toshkentda 4 nafar ayolni Turkiyaga fohishalikka jo‘natmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi

Toshkent viloyati IIBB tezkor xodimlari tomonidan navbatdagi odam savdosi bilan bog‘liq holatga chek qo‘yildi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Bo‘stonliq tumanida yashovchi 42 yoshli ayol 22-43 yosh orasidagi to‘rt nafar ayolni mo‘may daromad topadigan ish topib berishni va’da qilib, fohishalik bilan shug‘ullantirish maqsadida Toshkent-Istanbul aviareysi orqali Turkiya davlatiga jo‘natayotgan vaqtida viloyat IIBB tezkor xodimlari tomonidan ushlab qolindi.

Mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 13:33 10.06.2024. O'qildi: 1469 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!