Bugun 8 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Toshkentda 354 marta qoida buzgan “JETOUR” xatlandi

Toshkentda 354 marta qoida buzgan “JETOUR” xatlandi

Haydovchining umumiy jarimalari miqdori 258,7 mln so‘mga yetgan.

O‘zbekiston Respublikasi Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan qarzdor fuqaro N.YU.ga oid jami 370 ta ijro hujjati ish yurituvga qabul qilindi. Ularning umumiy qiymati 328,7 million so‘mni tashkil etadi.

Mazkur hujjatlardan 354 tasi (258,7 mln so‘m) Toshkent shahar va hududiy IIBB YHXB organlari tomonidan chiqarilgan ma’muriy jarimalar, 14 tasi (51,8 mln so‘m) esa soliq qarzlarini undirish bilan bog‘liqdir. Bundan tashqari, Shayxontohur tuman bo‘limiga FIB Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining qaroriga asosan, “Mikrokreditbank” ATB foydasiga 18,2 mln so‘mlik kredit qarzlarini undirish yuzasidan 2 ta ijro hujjati yuborilgan.

Aniqlanishicha, fuqaro N.YU. 2024–2025 yillar davomida “JETOUR” rusumli avtomobilda 354 marotaba qoidabuzarlik sodir etib, 258,7 mln so‘m ma’muriy jarima yig‘ib kelgan. Shunga qaramay, biror marta ham jarimalarni to‘lamagani bois ijro hujjatlari byuro organlariga kelib tushgan.

Shuningdek, fuqaroning kredit evaziga olingan “JETOUR” avtomobili bank garovi sifatida rasmiylashtirilgan bo‘lib, to‘lovlar amalga oshirilmagani sababli garov mulkiga nisbatan xatlov chorasi qo‘llanildi.

Hozirda jami 328,7 mln so‘mlik qarzdorlikni undirish bo‘yicha zarur ijro harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 16:51 04.09.2025. O'qildi: 677 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!