Ijtimoiy tarmoqlarda yigit bir qiz bilan janjallashganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilar ma’lum.
Joriy yilning 14 aprel kuni taxminan soat 11.50 larda Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida, 2003 yilda tug‘ilgan S.A. o‘zining tanishi 2006 yilda tug‘ilgan A.J. bilan kelishmovchilik oqibatida tortishib qolganligi sababli unga kuch ishlatgan. Janjal vaqtida S.A. qizga tan jarohati yetkazgan. Natijada jabrlanuvchi shifoxonaga murojaat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi ("Bezorilik") bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.