Bugun 10 iyun, 2026 yil, chorshanba

КИР

Toshkentda 2003 va 2004 yilda tug‘ilgan bolalar janjallashib ketishdi

A A A
Toshkentda 2003 va 2004 yilda tug‘ilgan bolalar janjallashib ketishdi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqarolar o‘zaro janjallashganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB quyidagilarni ma’lum qildi.

Joriy yilning 1 iyun kuni taxminan soat 22.45 larda Chilonzor tumanida bo‘lib o‘tgan konsertlarning birida, 2003 va 2004 yilda tug‘ilgan bir nechta fuqarolar dastur yakunlangandan so‘ng og‘zaki tortishib qolganligi natijasida tomonlar o‘zaro janjallashib ketganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan ushbu fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) va 194-moddasi (“Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) alomatlari bilan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudiga yuborilgan.

Kiritildi: 16:04 02.06.2023. O'qildi: 2534 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!