Poytaxt bojxonachilari tomonidan 160 ming donadan ziyod pirotexnika vositalarining yashirin aylanmasiga chek qo‘yildi.
Toshkent shahar bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi hamda huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idora vakillari bilan hamkorlikda Toshkent viloyati hududida tezkor tadbir o‘tkazildi. Oldindan kuzatuvga olingan “Nexia-3” rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Natijada avtomashinada 4 turdagi, jami 160 262 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlandi va ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.
Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.