"Do‘stlik Cup 2026" xalqaro futbol festivalida qatnashish uchun O‘zbekistonga kelgan qozog‘istonlik futbolchilarning ahvoli mehmonxonadagi nonushtadan keyin yomonlashgan.
@SputnikKz xabariga ko‘ra, 31 oktyabr kuni bolalar va kattalarda qorin og‘rig‘i va isitma kuzatilgan. Ota-onalarning aytishicha, nonushtada tuxum yemagan sakkiz nafar bolada bunday alomatlar bo‘lmagan.
Qozog‘iston TIV futbolchilar va ularga hamrohlik qilgan fuqarolar kasalxonaga yotqizilganini tasdiqladi.