Bugun 18 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Toshkentda 14 yashar bola 22 yashar yigitni pichoqladi. Sababi...

A A A
Toshkentda 14 yashar bola 22 yashar yigitni pichoqladi. Sababi...

Toshkent shahri. 2021 yilning 01 may kuni soat 23:30 larda voyaga etmagan 14 yoshli X.Izzatilla Shayxontohur tumani Ilg‘or mahallasida joylashgan jamoat joyi hisoblangan “Aviachipta” binosining orqa tomonida bo‘la turib, 22 yoshli A.Orifjonga u bilan ikki kun oldin salomlashmaganligini, uni yosh bola ko‘rganligini vaj qilib, hech bir sababsiz chap qo‘ltiq sohasiga bir marotaba pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan X.Izzatillaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “v” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prosessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Kiritildi: 16:45 04.05.2021. O'qildi: 3680 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!