Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Toshkentda 1,6 milliard so‘mlik avtomobil shinalarining noqonuniy olib kirilishi fosh bo‘ldi

A A A
Toshkentda 1,6 milliard so‘mlik avtomobil shinalarining noqonuniy olib kirilishi fosh bo‘ldi

Bojxona to‘lovlarini chetlab o‘tishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan xorijiy mamlakatdan yurtimizda faoliyat olib borayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga olib kelingan tovarlar “Chuqursoy texnik idora” chegara bojxona postida xolislar va ishonchli vakil fuqaro M.O. ishtirokida ko‘rikdan o‘tkazildi.

Tekshiruv davomida, olib kelingan yuklar orasida hujjatlarda ko‘rsatilmagan, umumiy qiymati 1,6 milliard so‘mlik 5662 dona avtomobil shinalari borligi aniqlandi. Bu haqda Davlat Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

Hujjatlardan yashirilgan shinalarga 791,7 million so‘m miqdorida bojxona to‘lovlari hisoblandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

 

Kiritildi: 21:57 29.06.2020. O'qildi: 2102 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!