Bugun 15 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

"Toshkent yo‘lbarsi"ga uy sovg‘a qilindi

"Toshkent yo‘lbarsi"ga uy sovg‘a qilindi

O‘zbekistonlik afsonaviy bokschi Rufat Risqiyevga Xalqaro boks assosiasiyasi (IBA) rahbari Umar Kremlyov bokschining 75 yoshni qarshi olganligi munosabati bilan uy sovg‘a qildi. Bu haqda Kremlyov o‘z Instagram sahifasida ma’lum qildi.

“Boks bo‘yicha tarixdagi birinchi jahon chempioni Rufat Asadovich Risqiyevga uy sovg‘a qildik”, deb yozdi Kremlyov.

Kremlyov Risqiyevga umrbod har oy 1000 AQSh dollari miqdorida moddiy yordam tayinlagan. IBA rahbari o‘tgan yili iyul oyida bokschiga Malibu-2 avtomobilini sovg‘a qilgan.

Ma’lumot uchun, Rufat Risqiyev tarixdagi birinchi Jahon chempionati g‘olibi hisoblanadi. U XXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 11:22 20.10.2024. O'qildi: 3510 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!