Bugun 15 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Rossiya Donesk mudofaasini yorib o‘tdi. Asosiy shahar xavf ostida

Rossiya Donesk mudofaasini yorib o‘tdi. Asosiy shahar xavf ostida

Ukrainaning Donesk viloyati Chasov Yarida Ukraina Qurolli kuchlari mudofaasini yorib o‘tib, rossiyaliklar shahar janubidagi kanaldan 2,5 km g‘arbroqqa kirishdi, deb xabar berdi Bild harbiy tahlilchisi Yulian Ryopke X ijtimoiy tarmog‘ida.

"Besh oylik shiddatli janglardan so‘ng Rossiya armiyasi Chasov Yardan janubda (Ukraina mudofaasi uchun strategik muhim shahar, bosib olingan Baxmut yaqinida joylashgan - tahr.) Ukraina frontini yorib o‘tdi va kanaldan 2,5 km uzoqlikda joylashgan sanoat binosiga o‘z bayrog‘ini o‘rnatdi. Binoga chiqib, plasdarmni tayyorlayotgan rus askarlari ko‘rindi," - deyiladi uning xabarida.

Shahardagi vaziyat haqida The Wall Street Journal gazetasi ham yozgan. Nashr voqea joyida ukrainalik harbiylar bilan suhbatlashib, UQKning Chasov Yardagi pozisiyalari zaiflasha boshlagani haqida xabar berdi.

"Bitta xatoga yo‘l qo‘yilsa, Chasov Yar sanoqli kunlarda qulashi mumkin," - dedi rota komandiri Rostislav Kasyanenko.

Bu yurish "Rossiyaning shaharni bosib olish yo‘lidagi muhim qadamini anglatishi mumkin." Chasov Yarning yo‘qotilishi esa, Pokrovskiy bilan bir qatorda, "Moskvaning Donetsk viloyatini egallashga urinishlarida asosiy hisoblanadi."

Tahlilchilarning fikricha, rossiyaliklar barglar to‘kilishidan oldin, qo‘shinlarni hayotiy muhim pana joylardan mahrum qilish va qishki yomg‘irlar hamda loy boshlangunicha, ikkala shaharni ham egallab olishni maqsad qilishmoqda.

Kiritildi: 18:36 20.10.2024. O'qildi: 8308 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!