Bugun 15 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Rossiya Dumasidagi fraksiya rahbari O‘zbekiston bilan viza rejimini joriy qilish bilan tahdid qilmoqda

Rossiya Dumasidagi fraksiya rahbari O‘zbekiston bilan viza rejimini joriy qilish bilan tahdid qilmoqda

Rossiya Dumasining «Spravedlivaya Rossiya — Za pravdu» fraksiyasi rahbari, deputat Sergey Mironov O‘zbekistonning Qozondagi Bosh konsulligi O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya armiyasi safiga qo‘shilmaslikka chaqirib, buning uchun javobgarlik borligini eslatgani uchun O‘zbekistonga viza rejimi joriy qilishni taklif qilmoqda.

Mironov O‘zbekistonni kamsitgan holda «sizni boqayotgan mamlakatni himoya qila olmaysizmi», deb X ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirdi.

«Viza rejimi bilan hammasi hal bo‘ladi! Bunday fuqarolar bizga kerak emas», degan u o‘z postida.

☝️O‘zbekiston diplomatik idorasi O‘zbekiston qonunchiligida ko‘zda tutilgan normalarni o‘z fuqarolariga eslatgani uchun Rossiyadan viza rejimi joriy etish tahdidi yangrayotgani, Rossiya siyosatchilari O‘zbekistonni o‘zlariga qaram davlat sifatida ko‘rishini anglatmoqda.

Afsuski, yuqori martabali siyosatchining bu gaplari Rossiya tomoni O‘zbekiston bilan aloqalarni buzish uchun baxona qidirayotganini ko‘rsatmoqda.

Shu o‘rinda janob Mironovga savol: agar O‘zbekiston o‘z hududida ishlayotgan rus fuqarolarini O‘zbekiston manfaati uchun qayergadir urushga jo‘natganida Rossiya diplomatik vakolatxonalari indamay turisharmidi?

Keyin O‘zbekistonda ham qarshi tomonga nisbatan huddi shunday viza rejimi joriy etish imkoniyati borligini unutmaslik kerak.

Menimcha O‘zbekiston uchun nomaqbul shaxslar ro‘yxatiga Zaxarovadan so‘ng kim kiritilishi kerakligi ko‘pchilikka tushunarli bo‘lgan bo‘lsa kerak,- deydi Kusherbayev.

Kiritildi: 14:05 20.10.2024. O'qildi: 3690 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!