O‘zbekiston milliy jamoasi va Moskvaning SSKA klubi futbolchisi Abbos Fayzullayev Ukrainaning "Mirotvores" markazi ma’lumotlari bazasiga kiritildi.
Fayzullayev markaz tomonidan Ukrainaga qarshi jinoyatlar ishtirokchisi, deb tan olingan, deb yozmoqda offside.kz. Bunga sabab Rossiya Premyer Ligasi 14-turi doirasida 14 sentyabr kuni o‘tkazilgan SSKA va "Zenit" o‘rtasidagi o‘yindan oldin o‘tkazilgan aksiyadir.
Marosim vaqtida Maxsus Harbiy Operasiya veteranlari bolalari futbolchilar bilan qo‘l ushlashib maydonga chiqishgan.