Joriy yilning 16–18 iyun kunlari poytaxtda bo‘lib o‘tadigan beshinchi Toshkent xalqaro investisiya forumida dunyoning 99 mamlakatidan 8 mingdan ortiq ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.
Nufuzli xalqaro tadbir doirasida yirik investisiya kelishuvlari imzolanishi va O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati keng namoyish etilishi rejalashtirilgan.