Bugun 9 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Toshkent xalqaro aeroportida sog‘lig‘i yomonlashgan ayol shifoxonada vafot etdi

Toshkent xalqaro aeroportida sog‘lig‘i yomonlashgan ayol shifoxonada vafot etdi

Bugun, 7 oktyabr kuni Toshkent Xalqaro aeroportiga Dubay-Toshkent aviareysida uchib kelgan ayolning sog‘lig‘i yomonlashgani va uni shifoxonaga olib ketilgani aytilgan xabar ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, Dubay-Toshkent aviareysida uchib kelgan fuqaro X.S.ning (ayol) sog‘ligi yomonlashganligi sababli tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan soat 18:55 atrofida Chilonzor tumanida joylashgan RSHTYOIMga olib kelingan.

RSHTYOIMning shok-zalida shifokorlar tomonidan olib borilgan shoshilinch tibbiy reanimasion muolajalarga qaramasdan soat 18:55da bemor X.S.da biologik o‘lim holati qayd etilgan va bu haqida RSHTYOIM tomonidan 44-sonli biologik o‘lim holatini qayd etish dalolatnomasi rasmiylashtirilgan.

Voqea joyiga Toshkent shahar prokuraturasi tezkor-navbatchilik brigadasi xodimlari chiqishgan. Fuqaro X.S.ning o‘limi sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Hozirda, Chilonzor tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 17:24 08.10.2024. O'qildi: 652 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!