Toshkent xalqaro aeroportida yo‘lovchilar unutib qoldirgan yuklar sotilishi bilan bog‘liq xayriya aksiyasi o‘tkazilayotgani haqida ma’lumot rad etildi.
«Uzbekistan Airports» ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston aeroportlarining birortasi, shuningdek, , «UzCargo» va «Uzbekistan Airports Handling» MCHJlari tomonidan yo‘lovchilarning unutilgan yuklari sotilmaydi va uchinchi shaxslarga topshirilmaydi.
«Barcha yo‘qolgan yuklar aeroport omborlarida 3 oy mobaynida saqlanadi va saqlash muddati tugashi bilan utilizasiya qilinadi», – deyiladi rasmiy xabarda.