Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Toshkent viloyatida yirik golf majmuasi quriladi

Toshkent viloyatida yirik golf majmuasi quriladi

Ayni kunlarda Malayziya davlatida bo‘lib turgan viloyat hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi delegasiya bir qator yirik ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashmoqda.

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, «The Mines Resort and Golf Club» kompaniyasi bilan o‘tgan muzokaralarda Toshkent viloyatida zamonaviy golf klubi va mehmonxona majmuasini qurish loyihasi borasida kelishuvlarga erishilgan.

Ushbu yirik loyiha uchun 100 gektar atrofida maqbul yer maydoni ajratilishi, uni zamonaviy talablar asosida serhasham kurort zonaga aylantirishi borasidagi takliflar ko‘rib chiqildi. Loyiha uchun taklif etilgan hududlar Bo‘stonliq, Parkent va Ohangaron tumanlaridir.

Shuningdek, delegasiya bugun tabiiy shakarni qayta ishlab undan kaloriyasiz granulalar olish loyihasi bo‘yicha «The Foodbase», vegeterian proteindan go‘sht va fast fud mahsulotlarni ishlab chiqaradigan «Righ food company» kompaniya vakillari bilan ham muloqotlar o‘tkazadi.

Kiritildi: 03:08 23.04.2025. O'qildi: 665 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!