Bugun 15 noyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Toshkent viloyatida "Yagona buyurtmachi xizmati" DM bosh yuriskonsultiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent viloyatida "Yagona buyurtmachi xizmati" DM bosh yuriskonsultiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

2024 yil dekabr oyida Toshkent viloyati Bekobod tumanida foydalanishga topshirilgan yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi bo‘yicha prokuratura tomonidan qurilishga oid tekshiruv ishlari olib borilganda, 176 mln so‘mlik kamomad aniqlanadi va qurilishni amalga oshirgan MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hujjatli taftishi tayinlanadi.

Bundan boxabar bo‘lgan, Toshkent viloyati hokimligi "Yagona buyurtmachi xizmati" davlat muassasasi bosh yuriskonsulti o‘zining mansabdor tanishlari orqali taftish tekshiruvi natijalarini ijobiy hal qilib berish evaziga MCHJ rahbaridan 8400 AQSh dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda bosh yuriskonsult kelishilgan pul mablag‘ini olgan vaqtda ushlandi.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "v" bandi va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, "qamoq" ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 16:00. O'qildi: 244 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!