"O‘zenergoinspeksiya" Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Chirchiq shahri "Shodlik" MFYda joylashgan "S. M." MCHJga qarashli AYOQSh tomonidan sotilayotgan AI-92 markali avtobenzindan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsizligi) aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida O‘zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 43-moddasiga asosan realizasiya qilingan avtobenzin qiymatining 50 foizi miqdorida iqtisodiy sanksiya qo‘llanildi.
Bu kabi holat Ohangaron shahri "Navbahor" MFYdagi "E. D. O. S." MCHJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida ham AI-92-markali avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmasligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYOQShlarda aniqlangan qoldiq saqlanayotgan sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik va sifatini qayta tiklash lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.