Putin va Si Szinpin asosan Isroil va Eron urushiga bag‘ishlangan telefon suhbati o‘tkazdi, deb xabar berdi Kreml.
Rossiya prezidenti Xitoy rahbariga vositachilik qilishga tayyorligini bildirdi.
Shuningdek, ular Markaziy Osiyoni muhokama qildi, bu yerda Moskva va Pekin “yo‘l-yo‘riqlarni muvofiqlashtirishga tayyor”.
G7 sammiti ham so‘zga olindi, “u yerda yuzaga chiqqan muammolar qayd etildi”.
Eslatib o‘tamiz, Tramp Putinning vositachilik taklifini rad etgan va keyinchalik Rossiyani G7dan chiqarish noto‘g‘ri bo‘lganini aytgan hamda tadbirni ertaroq tark etgan edi.