Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan Angren shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro A.A. umumiy qiymati 132,4 mln so‘mlik 6 turdagi sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan dori vositalari hamda tibbiyot buyumlarini fuqaro I.YA.ga 8 800 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.