Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toshkent viloyatida "Sanoat uchburchagi" dasturini tayyorlashga qaror qilindi

A A A
Toshkent viloyatida "Sanoat uchburchagi" dasturini tayyorlashga qaror qilindi

Angren, Olmaliq, Ohangaron shaharlari, Piskent va Ohangaron tumanlarining viloyat sanoatidagi ulushi 50 foizni tashkil qiladi.

Bu 5 ta shahar-tuman bir-biri bilan yonma-yon joylashgan bo‘lib, xom ashyo zaxirasiga juda boy.

Bu yerlarda ishlab chiqarishni kooperasiya va klaster asosida tashkil etish uchun mutlaqo yangi tizim – “Sanoat uchburchagi” dasturini tayyorlashga qaror qilindi.

Masalan, Olmaliq kombinatida yiliga 600 ming tonna temir tarkibiga qo‘shimcha komponent – “ogarok” ishlab chiqarilayapti. Ohangaron tumani va shahri, Piskentdagi 3 ta sement zavodi ishlab chiqarishda ushbu komponentdan foydalanayapti.

Tumanlar kooperasiya qilsa, transport xarajati 20-30 foizga, tannarx esa 5-10 foizga kamayishi ta’kidlandi.

Kiritildi: 16:41 15.10.2024. O'qildi: 1013 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!