Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Toshkent viloyatida “Qabristonlarni saqlash” bo‘limi boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushdi

A A A
Toshkent viloyatida “Qabristonlarni saqlash” bo‘limi boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushdi

Toshkent viloyatida dafn marosimlarini o‘tkazishda xizmat ko‘rsatishga ruxsat berishi evaziga tadbirkordan pul talab qilgan bo‘lim boshlig‘i ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Qayd etilishicha, departamentning Olmaliq shahar bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda Toshkent viloyati obodonlashtirish bosh boshqarmasi “Qabristonlarni saqlash” bo‘limi boshlig‘i J.A. tadbirkor I.T.dan dafn marosimlarini o‘tkazish xizmatini ko‘rsatishga ruxsat berishi evaziga 2 ming dollar talab qilib, shundan 200 dollarni qo‘lga kiritib, yana 800 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Fevral oxirlarida Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida subsidiya asosida artizan suvini qazib chiqarishga ruxsat olib berishni va’da qilgan shaxs ushlangandi.

Kiritildi: 12:37 18.03.2024. O'qildi: 1072 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!