Bugun 12 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toshkent viloyatida poyezd va avtomobil to‘qnashuvi natijasida shifokor halok bo‘ldi

Toshkent viloyatida poyezd va avtomobil to‘qnashuvi natijasida shifokor halok bo‘ldi

Toshkent viloyati Ohangaron tumanida xalq orasida «Qo‘chqor doktor» nomi bilan tanilgan shifokor poyezd bilan avtomashina to‘qnashuvi natijasida vafot etdi, deya xabar bermoqda «Oltin voha» Telegram-kanali.

Qayd etilishicha, voqea Ohangaron tumanidagi «Yonariq» MFYda bo‘lgan. To‘qnashuvdan so‘ng poyezd mashinani kamida 600-700 metrga sudrab borgan.

Ma’lum qilinishicha, temir yo‘lni kesib o‘tuvchi avtoyo‘lga shlagbaum o‘rnatilmagan. Aniqrog‘i, shlagbaum ishlamaydi.

Ta’kidlanishicha, shu tufayli bu yerda bunday hodisalar tez-tez sodir bo‘lib turadi. Mashina yo‘ldan qayrilib, temir yo‘lni kesib o‘tish nuqtasida noqulay trayektoriya bo‘lgani uchun ham kelayotgan poyezdni haydovchi ko‘rishi qiyinlashadi.

Ma’lumot uchun, bu yo‘lda Toshkent–Pop temir yo‘li orqali tez harakatlanuvchi poyezdlar o‘tadi.

Kiritildi: 11:20 21.03.2021. O'qildi: 2781 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!