Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Toshkent viloyatida noqonuniy baliq ovlagan shaxslar ushlandi

Toshkent viloyatida noqonuniy baliq ovlagan shaxslar ushlandi

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi, viloyat Ichki Ishlar boshqarmasi post-patrul xizmati hamda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari hamkorligida nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi.

Bu haqda Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘tkazilgan reyd tadbiri davomida 1994 yil Angren shahrida tug‘ilgan fuqaro U.D tomonidan shaharning Gulbog‘ MFY hududidan oqib o‘tuvchi Ohangaron daryosidan noqonuniy ravishda leskali to‘r yordamida 656 dona qorabaliq (marinka) ovlayotgan holati aniqlandi.

Ushbu holat bo‘yicha hayvonot dunyosiga 49 million so‘m ortiq zarar yetkazilganligi. Bu borada to‘plangan hujjatlarga huquqiy baho berish uchun Toshkent viloyat prokuraturasiga yuboriladi.

Shu bilan birga noqonuniy baliq ovidagi avtotransport vositasi shahardagi jarima maydonchasiga vaqtincha joylashtirildi hamda daliliy ashyo sifatida olingan baliqlar mahalla hududidagi oilalarga tarqatildi.

Kiritildi: Bugun 10:54. O'qildi: 290 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!