Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Toshkent viloyatida advokat 20 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Toshkent viloyatida advokat 20 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Advokat mahkumni qamoqdan chiqarish evaziga 30 ming dollar so‘ragan. Shundan 20 mingini olayotganda ushlangan.

Toshkent viloyatida advokat qamoqdagi shaxsni ozodlikka chiqarib berish evaziga 30 ming dollar talab qildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, viloyatda faoliyat yurituvchi advokatlik byurosi advokati jazoni ijro etish muassasasida muddatini o‘tayotgan fuqaroni mansabdor tanishlari orqali ozodlikka chiqarib berishini aytib, evaziga mahkumning turmush o‘rtog‘idan 30 ming dollar talab qilgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda esa advokat oldindan 20 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, ushbu advokat muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi (pora berish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi extiyot chorasi qo‘llanilgan va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 14:44 26.07.2025. O'qildi: 1135 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!