Bugun 20 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Toshkent viloyatida 2 500 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari to‘xtatib qolindi

Toshkent viloyatida 2 500 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari to‘xtatib qolindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda M373-sonli magistral yo‘lida harakatlanib kelgan “Lacetti” rusumli avtomashina to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, fuqaro I.S. xorijda ishlab chiqarilgan umumiy bahosi 87,5 mln so‘mlik 2 500 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotini o‘tkazish maqsadida olib kelayotganligi aniqlanib, ushbu tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:15 17.10.2025. O'qildi: 471 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!