Raqobat qo‘mitasi tomonidan Toshkent viloyatida iste’molchilardan 2,2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘lar asossiz undirganlik holatlari aniqlanib, yakuniy iste’molchiga qaytarilishi belgilandi.
✈️ Raqobat qo‘mitasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan hududda ichimlik suvi va oqova xizmatlari tariflari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
🖥 Olib borilgan o‘rganishlar natijasida, “MUSAFFO OBI HAYOT MAGISTRAL SUV TA’MINOTI” AJ tomonidan ko‘rsatilayotgan ichimlik suvi va oqova xizmatlari tariflari oshirilishi oqibatida iste’molchilardan 2,2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘lar asossiz undirganlik holatlari aniqlandi.
✈️Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Maxsus komissiya tomonidan “MUSAFFO OBI HAYOT MAGISTRAL SUV TA’MINOTI” AJga nisbatan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun talablarini buzish alomatlari asosida ish qo‘zg‘atilib, ishni ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra moliyaviy jarima qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Shuningdek, aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik hamda asossiz olingan mablag‘larni yakuniy iste’molchiga qayta hisob-kitob qilish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.