Bugun 1 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

Eron kuchli hujumga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Eron kuchli hujumga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Eron Inqilobiy gvardiyasi yaqin soatlarda hujum boshlashini ma’lum qildi. Bu haqda yakshanba tongida eron OAV xabar berdi. Nishon sifatida «bosib olingan hududlar» va AQSh bazalari tilga olingan. Bayonot Eron oliy rahbari oyatulloh Ali Xameney vafoti tasdiqlanganidan so‘ng e’lon qilindi.

🗣 «Eron Islom Respublikasi Qurolli kuchlari tarixidagi eng kuchli hujum operasiyasi yaqin daqiqalarda bosib olingan hududlar va amerikalik terroristlar bazalariga qarshi boshlanadi», — deya ma’lum qildi ISNA agentligi.

Bundan avval tun davomida Isroil armiyasi Eron qurol-yarog‘ tizimlariga yangi zarbalar bergan. AFP agentligi Tehronda kamida uchta portlashni qayd etgan.

Isroil va AQShning keng ko‘lamli operasiyasi 28 fevral kuni ertalab boshlangan. AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat yadroviy dasturini yo‘q qilish rejasi haqida ma’lum qilgan. U eronlik harbiylarni qurolni tashlashga chaqirgan, shuningdek Eron aholisiga «taqdirini o‘z qo‘liga olish»ga da’vat etgan.

Hujumlar natijasida 201 kishi halok bo‘lgan, yana 747 kishi jarohat olgan. Bu ma’lumotni Eron Qizil Yarim Oy jamiyati keltirgan.

Shuningdek, rasmiylar Minab shahridagi maktabda 108 nafar o‘quvchi qiz halok bo‘lganini bildirgan. The Guardian nashri ushbu shaharda Eron Inqilobiy gvardiyasi bazasi mavjudligini qayd etgan. Isroil va AQSh bu masala yuzasidan izoh bermagan.

Eron javob tariqasida Isroil hududiga va mintaqadagi AQSh harbiy ob’ektlariga zarbalar bergan. Isroilda favqulodda holat joriy etilgan. Eron hujumlari qo‘shni ayrim davlatlarga ham ta’sir ko‘rsatgan.

Turkiya prezidenti Rajab Tayyib Erdo‘g‘an avvalroq mintaqadagi mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal etishga chaqirgan.

«Biz Eron suverenitetini ochiqdan-ochiq buzishga qaratilgan hamda do‘st Eron xalqining osoyishtaligiga tajovuz qiluvchi hujumlarni afsus bilan qabul qilamiz. Shuningdek, Eron dronlarining Qo‘ltiq davlatlariga qarshi hujumlarini ham qabul qilib bo‘lmaydi, deb hisoblaymiz. Agar diplomatiya uchun imkoniyat yaratilmasa, mintaqamiz olov halqasiga tortilib ketishi mumkin», — deya ta’kidlagan Erdo‘g‘an.

Kiritildi: Bugun 18:40. O'qildi: 1398 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!