Bugun 21 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Toshkent viloyatida 2,1 mlrd dollarlik sanoat parklari tashkil etilmoqda

A A A
Toshkent viloyatida 2,1 mlrd dollarlik sanoat parklari tashkil etilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida islohotlar natijadorligi va yangi rejalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

✅Viloyatda Xitoy investisiyasi ishtirokida 2,1 milliard dollarlik yirik sanoat parklari tashkil etilmoqda. Shuningdek, 2025–2027 yillarda viloyatni jadal rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan qarorlar ijrosi uchun 40 trln so‘mdan ziyod mablag‘lar yo‘naltirilgan.

✅Ushbu tashabbuslar hududlarda ishsizlik va kambag‘allik darajasini pasaytirishga xizmat qiladi. Yil yakuniga qadar ushbu ko‘rsatkichlarni 4,5% gacha qisqartirish belgilangan.

✅Nurafshon, Olmaliq va Chirchiq shaharlarida sanoat korxonalari uchun 2 ta yangi nimstansiya quriladi. Shu bilan birga, ekologiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan korxonalar shahar tashqarisidagi sanoat zonalariga ko‘chiriladi.

✅Viloyatning barcha tuman va shaharlarini poytaxt bilan tezkor elektr poyezdlari orqali bog‘lash vazifasi belgilandi.

Kiritildi: 19:50 11.09.2025. O'qildi: 1180 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!