Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Toshkent viloyatida 1,8 mlrd so‘mlik elektr energiyasi o‘g‘rilandi

Toshkent viloyatida 1,8 mlrd so‘mlik elektr energiyasi o‘g‘rilandi

“O‘zenergoinspeksiya” Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida Ohangaron tumanida joylashgan “E. B. B.” fermer xo‘jaligi elektr uskunalarini elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulagani va noqonuniy ravishda elektr energiyasidan foydalanib kelayotgani aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur huquqbuzarlik oqibatida elektr ta’minoti korxonasiga 1 milliard 892 million so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan.

Hozirda holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 12:48 24.07.2025. O'qildi: 475 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!