Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toshkent viloyatida 1,2 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Toshkent viloyatida 1,2 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Toshkent viloyatida gaz ta’minoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, tuman/shahar gaz ta’minoti bo‘limlari hamda “O‘zenergoinspeksiya” xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida “zangori yoqilg‘i”dan foydalanishda qoidbuzarlik sodir etgan holatlar aniqlandi.

Jumladan, Toshkent tumanida joylashgan “I. S. S.” MCHJga qarashli mebel ishlab chiqarish korxonasida tabiiy gazdan foydalanish holati o‘rganilganda, iste’molchi ta’minot idorasi bilan shartnoma tuzmagan holda, tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanib kelayotgani ma’lum bo‘ldi. Holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirildi va dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 1 milliard 134 million so‘mlik moddiy zarar aniqlandi.

Yana bir shunga o‘xshash noqonuniy holat tumanning “Chinor” MFYda joylashgan “D. D. A.” yakka tartibdagi tadbirkorga qarashli ovqatlanish maskanida aniqlandi. U yerda hisoblagichdan tashqari rezina shlang orqali tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanilgan. Bu holat bo‘yicha esa 137 million so‘mlik zarar qayta hisoblab chiqildi.

Yuqorida qayd etilgan barcha noqonuniy holatlarga oid hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirilgan.

Kiritildi: 15:15 29.07.2025. O'qildi: 900 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!