Bugun 1 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Toshkent va Samarqandda sifatsiz yoqilg‘ini Ai-92 va Ai-95 deb sotgan AYOQShlar aniqlandi

Toshkent va Samarqandda sifatsiz yoqilg‘ini Ai-92 va Ai-95 deb sotgan AYOQShlar aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi hududiy boshqarmalari hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida (AYOQSh) sotilayotgan avtobenzin sifati bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazdi.

Toshkent viloyatidagi «BLACK GOLD ENERGY» MCHJ (Ai-92 va Ai-95) va «SAFOMAX OIL» MCHJ (Ai-92) shoxobchalarida sotilayotgan yuqori oktanli avtobenzinlardan olingan namunalar davlat standarti talablariga mos kelmasligi aniqlandi.

Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi «HAPPY OIL» MCHJga qarashli AYOQShda sotilayotgan AI-95 markali avtobenzin sifati talabga javob bermasligi ma’lum bo‘ldi.

Tekshiruv natijasiga ko‘ra, Qo‘mita hududiy boshqarmalari tomonidan «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun buzilishi alomatlari aniqlandi. Ushbu holatlar bo‘yicha uchta xo‘jalik yurituvchi sub’ektga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, jami 22 million so‘mga yaqin mablag‘ni iste’molchilarga qayta hisob-kitob qilish to‘g‘risida ko‘rsatma berilgan.

Kiritildi: 14:45 27.03.2025. O'qildi: 536 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!