AQSh Eronga yana tahdid soldi.
AQSh ma’muriyati Eron o‘z yadro dasturini muhokama qilishdan bosh tortsa, "boshqa choralar" ko‘rishni ko‘rib chiqmoqda.
Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Temmi Bryusning ta’kidlashicha, prezident Donald Tramp muzokaralarga tayyorligini bildirgan, ammo Tehron rad etgan taqdirda Vashington "Eron rejimi uchun g‘oyat noqulay bo‘lgan boshqa variantlarni qo‘llaydi".
"Prezident Eron bilan kelishuvni muhokama qilishga tayyorligini ma’lum qildi, biroq Tehron muzokaralarga rozi bo‘lmasa, boshqa usullar qo‘llaniladi," - dedi Bryus brifingda.
30 mart kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga "agar ular kelishuvga erishmasalar, misli ko‘rilmagan bombardimonlar" bilan tahdid qildi. "Bu ular hali hech qachon ko‘rmagan bombardimonlar bo‘ladi".