Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tumani bo‘lim va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan S.I. (muqaddam sudlangan) fuqaroga M.X.ga aksiz markasiz tamaki mahsulotini sotgan vaqtida ushlanib, uning noqonuniy tashkil etgan savdo nuqtasidan umumiy bahosi 63 mln so‘mlik turli nomdagi xorijda ishlab chiqarilgan jami 1 308 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Departamentning Chust tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda
“Namangan” muntazam YPX maskanida fuqaro A.N.ning boshqaruvidagi “Malibu-2” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, fuqaro A.N. va boshqalar chet elda ishlab chiqarilgan 6 turdagi 779 dona aksiz markasiz elektron tamaki mahsulotlarini o‘tkazish maqsadida Namangan viloyatiga olib kelayotganliklari aniqlanib, ushbu tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.