Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chirchiq shahri bo‘limi, DXX va IIV xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro A.A. fuqaro S.X.ga 4 300 AQSh dollarini 55,6 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Namangan viloyati boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Namangan shahrida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar SH.K. va SH.N. fuqaro M.B.ga 3 800 AQSh dollarini 49,1 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.