Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bo‘stonliq tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “M.” xususiy korxonasiga qarashli “Ma’rifat” MFY hududidagi dorixona farmasevti D.T. fuqaro A.B.ga 150 dona “Benzonal” nomli dori vositasini shifokor reseptsiz sotgan vaqtida ushlanib, dorixona savdo rastalaridan tegishli kirim va sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan 57 turdagi dori vositalari, shuningdek 104 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Departamentning Andijon shahar bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan A.YU. va boshqalar fuqaro M.X.ga 10 dona “Tropikamid” nomli dori vositasini 3 mln so‘m sotgan vaqtida ushlanib, fuqaro O.B.ning boshqaruvidagi “Nexia-3” rusumli avtomashinasidan 66 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.