Hozirda holatga huquqiy baho berilmoqda.
Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, Bosh prokuratura, viloyat IIB hamda Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida navbatdagi nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi.
Reyd davomida Toshkent viloyati, Toshkent tumani, «Tutzor» MFYda yashovchi SH.A. tomonidan yashash xonadonida noqonuniy ravishda 1 dona Amur yo‘lbarsi va 7 dona yo‘lbarssimon piton ilonlari saqlanayotganligi aniqlandi.
Yovvoyi hayvonlar Toshkent hayvonot bog‘iga topshirilgan. Bosh prokuratura tomonidan holatga huquqiy baho berilmoqda.