Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufiga kiruvchi oliy ta’lim muassasalariga 2023/2024 o‘quv yili uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha ajratilgan 8139 ta qabul kvotasidan 2530 tasi Toshkent tibbiyot akademiyasi hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Bu o‘rinlar akademiya va uning filiallari o‘rtasida quyidagicha taqsimlangan:
1180 tasi akademiyaning o‘zi uchun:
530 ta davlat granti;
650 ta to‘lov-kontrakt.
750 tasi akademiyaning Urganch filiali uchun:
210 ta davlat granti;
540 ta to‘lov-kontrakt.
600 tasi akademiyaning Termiz filiali uchun:
245 ta davlat granti;
355 ta to‘lov-kontrakt.
Umumiy hisobda Toshkent tibbiyot akademiyasi va uning filiallarida o‘qish uchun 985 ta davlat granti, 1545 ta to‘lov-kontrakt asosida kvota ajratilgan.