Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

«Toshkent—Termiz» yo‘nalishida Nexia va Damas to‘qnashishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

A A A
«Toshkent—Termiz» yo‘nalishida Nexia va Damas to‘qnashishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

9 iyul kuni Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida yashovchi M.A boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinani «Toshkent—Termiz» M-39 yo‘lining 1176-kilometrida haydab ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Shahrisabz shahrida yashagan A.N. boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir etgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Natijada Damas avtomashinasi haydovchisi A.N jarohat olib voqea joyida, uning yo‘lovchisi J.B. kasalxonada vafot etgan hamda yana ikki nafar yo‘lovchilari H.Q va B.Q.lar jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 15:58 10.07.2018. O'qildi: 1209 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!