Bugun 18 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Toshkent shahriga kirish va chiqishdagi postlar ko‘chiriladi

Toshkent shahriga kirish va chiqishdagi postlar ko‘chiriladi

Toshkent shahar hokimligi poytaxtda avtobuslar uchun alohida ajratilgan yo‘laklar infratuzilmasini barpo etish bo‘yicha yangilangan rejalarini taqdim etdi. Unga ko‘ra, 10 ta ko‘chada BRT tizimi barpo etiladi, ularning uzunligi qariyb 51 kilometrni tashkil etadi. Kuni kecha xomaki taqdimotda ko‘rsatilgan KHAY—Parkent ko‘chalari o‘rniga Alisher Navoiy— Beruniy ko‘chalari qo‘shilgan.

Demak, prezidentga taqdim etilgan oxirgi loyihaga ko‘ra, Shota Rustaveli (5,1 km), Shahrisabz (3,2 km), Amir Temur (5,7 km), Yangi Sergeli (5,3 km), Maxtumquli (1,3 km), Mirzo Ulug‘bek – Feruza – Yuzirobod (10,4 km), Lutfiy va Muqimiy (5,9 km), Nuravshon (3,7 km), Qoratosh – Ko‘kcha darvoza (4 km) hamda Alisher Navoiy – Beruniy (6 km) ko‘chalarida BRT barpo etiladi.

Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun 126 mln dollar sarflash ko‘zda tutilmoqda.

Bundan tashqari, Toshkent shahriga kirish va chiqishdagi postlar tirbandlikning oldini olish maqsadida ko‘chirilar ekan.

Kiritildi: 10:26 17.10.2025. O'qildi: 845 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!