Bugun 18 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

«Biz 25 barobar katta» — NATO bosh kotibi Rossiyaning harbiy salohiyatiga ortiqcha baho bermaslikni so‘radi

«Biz 25 barobar katta» — NATO bosh kotibi Rossiyaning harbiy salohiyatiga ortiqcha baho bermaslikni so‘radi

NATO mamlakatlari iqtisodiy va harbiy ustunlikka ega ekani tufayli Rossiyani samarali tizimda to‘sish imkoniga ega, dedi alyans bosh kotibi Mark Ryutte va Kreml tomonidan qo‘llangan harbiy salohiyatni oshirib baholashdan ogohlantirdi.

NATO bosh kotibi Mark Ryutte The Moscow Times muxbiri savoliga javoban, shimoliy alyans va Rossiya iqtisodiy quvvati hajmi bo‘yicha katta farqga ega ekanini ta’kidladi:

«Biz Rossiyadan 25 barobar kattamiz. NATO iqtisodiyotining umumiy hajmi 50 trln dollarni tashkil etadi, Rossiyaniki esa 2 trln — bu AQShning birgina Texas shtatiniki bilan bir xil», dedi u.

Ryutte Rossiyaning harbiy salohiyatini «ortiqcha baholab yuborish»dan saqlanish lozimligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, rus pilotlari qiruvchi samolyotlarni boshqarishda «ko‘p ham muvaffaqiyatlarga erishmagan», harbiy kema kapitanlari esa «langarni qanday tashlashni bilmshmaydi». NATO esa 70–80 yil davomida Rossiyaga qarshi turib kemoqda va provokasiyalarga qanday javob berishni juda yaxshi biladi, dedi bosh kotib.

Bosh kotib Shimoliy Atlantika kuchlari alyans havo kengliklarini buzib kirayotgan va real xavf tug‘dirayotgan rus harbiy uchoqlarni urib tushirish vakolatini olganini ham ta’kidlab o‘tdi. «Bu juda muhim jihat va rossiyaliklar ham buni biladi», — dedi Ryutte, barcha narsalarga ega alyans harbiylarning malakasiga ishonch bildirish, «ruslarni juda jiddiy qabul qilib yubormaslik lozim»ligiga chaqirdi. Ammo bir vaqtning o‘zida Ryutte mudofaaga ko‘proq xarajat qilish lozimligini bildirdi. Chunki Ukrainadagi urush Putin alyans mamlakatlariga hujum qilish uchun millionlab odamlarni qurbon qilishga tayyor ekanligini ko‘rsatmoqda.

Ryutte avvalroq Xitoyning Rossiyani Yevropaga qarshi bosqinga undashi mumkinligini va bundan qochish uchun NATO va Hind-Tinch okean mintaqasi bilan harbiy-texnologik hamkorlikni mustahkamlash lozimligini aytadi.

Putin esa orqa-oldiga qaramay, Ukrainada NATOning barcha mamlakatlari Rossiyaga qarshi urush qilmoqda, shu sabab Rossiya armiyasi jahondagi eng jangovar tayyorgarlikka ega armiya, deb atagan. Yevropa yetakchilarining Rossiya Yevropaga ehtimoliy hujum qilishi borasidagi gap-so‘zlarini esa «bo‘lmag‘ur gap» degan. Putinning fikricha, yevropalik yetakchilar Ukrainadagi urushdagi mislsiz sarf-xarajatlarni oqlash uchungina shu ritorikani saqlab kelmoqda.

Putin NATOning asosiy A’zosi bo‘lgan AQShning jahon bo‘yicha mudofaaga bo‘lgan xarajatlari 40 foizni tashkil etishi, Rossiya esa atiga 3,5 foiz sarflashini ta’kidlagan. «Bunday taqqos bilan NATO bilan urushib bo‘ladimi? Bu shunchaki safsata», — degan Putin.

Kiritildi: 12:48 17.10.2025. O'qildi: 890 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!