Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “P.” MCHJga tegishli dorixona sotuvchisi N.X. sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan va yaroqlilik muddati o‘tgan 490 turdagi dori vositalarini savdoga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, shuningdek tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini resept bo‘yicha chakana realizasiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.