Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Toshkent shahrida sifati kafolatlanmagan dori vositalarini sotayotgan shaxslar ushlandi

Toshkent shahrida sifati kafolatlanmagan dori vositalarini sotayotgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan Z.X. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, xorijda ishlab chiqarilgan tegishli hujjatlari bo‘lmagan 10 quti “Kitruda” va 2 ta quti “Tesentrik” nomli dori vositasini fuqaro M.X.ga 165,6 mln so‘mga sotishga kelishib, pullarni AQSh dollarida hisoblab, 13 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu dori vositalariga muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirilmaganligi hamda saqlash sharoitlariga amal qilinmaganligi sababli sotish, tashish va tibbiyot amaliyotida qo‘llash taqiqlanishi qayd etilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:45 15.12.2025. O'qildi: 372 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!