Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida “B.P.” MCHJ dorixonasi sotuvchisi N.N. tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalari mavjud bo‘lgan 10 quti “Omnadren 250” nomli dori vositasini fuqaro M.Q.ga 2,8 million so‘mga shifokor reseptisiz sotgan paytida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan Yunusobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Ch.P.” MCHJ dorixonasi sotuvchisi YU.A. tomonidan tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalari mavjud bo‘lgan 500 dona “Benzonal” dori vositasi shifokor reseptisiz sotilganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini resept bo‘yicha chakana realizasiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.